COOKIE SIYOSATI
Ushbu cookie siyosati xizmatimizdan foydalanganingizda cookie fayllari va shunga oʻxshash boshqa texnologiyalardan qanday foydalanishimizni, kuzatuv texnologiyalari nima ekanini va ulardan nega foydalanishimizni tushuntiradi. Shuningdek, ularning ishlatilishini qanday nazorat qilish mumkinligini ham bayon qiladi.
Savollaringiz boʻlsa, support@pdffly.com manzili orqali biz bilan bogʻlaning.
COOKIE FAYLLARI
Cookie — veb-saytimizga tashrif buyurganingizda qurilmangizga (masalan, kompyuter, smartfon yoki boshqa elektron qurilma) joylashtiriladigan kichik matn fayli. U turli maʼlumotlarni, masalan, til tanlovingizni yoki saytni koʻrish uchun ishlatayotgan brauzer va qurilmangizni saqlaydi. Bunday fayllar biz tomonidan oʻrnatiladi va birinchi tomon cookie fayllari deb ataladi. Shuningdek, reklama va marketing maqsadlarida uchinchi tomon cookie fayllaridan, yaʼni veb-saytimiz domenidan farqli domenlarga tegishli cookie fayllaridan foydalanamiz.
Sessiya cookie fayllari brauzerni yopganingizda amal qilishdan toʻxtaydi va qurilmangizda qolmaydi. Bu fayllar saytimizga muayyan brauzer sessiyasi davomidagi amallaringizni bogʻlash imkonini beradi.
Doimiy cookie fayllari qurilmangizda maʼlum muddat saqlanadi hamda belgilangan sanada yoki siz ularni keshdan qoʻlda oʻchirganingizda amal qilishdan toʻxtaydi. Bu fayllar brauzer sessiyalari orasida qurilmangizda saqlanadi va saytimizdagi sozlamalaringiz hamda amallaringizni eslab qolish imkonini beradi.
SHUNGA OʻXSHASH TEXNOLOGIYALAR
Veb-mayoq — noyob identifikatorga ega kichik, shaffof tasvir (u «piksel tegi», «web bug», «GIF» deb ham ataladi). U veb-saytga yoki elektron xatga joylashtiriladi. Brauzeringiz sayt kodini oʻqiganda tasvirni koʻrsatish uchun serverimiz bilan aloqaga kiradi va shu jarayon orqali biz qurilmangizning texnik xususiyatlari, operatsion tizim va ishlatilayotgan sozlamalar kabi maʼlumotlarni olamiz. U sessiya davomidagi faoliyatingizni ham kuzatishi mumkin. Bundan tashqari, bu texnologiya har bir elektron xat qachon, qaysi IP manzildan va qaysi qurilmadan ochilganini aniqlash imkonini beradi. Ushbu maʼlumotlardan elektron pochta orqali muloqotni yaxshilash uchun foydalanamiz.
Dasturiy taʼminot ishlab chiqish toʻplamlari (SDK) — xizmatimizga oʻrnatilishi mumkin boʻlgan uchinchi tomon toʻplamlari. SDK xizmatimiz bilan qanday ishlashingizni tushunishga yordam beradi hamda xizmatga kirish uchun ishlatayotgan qurilma va tarmoq haqida maʼlum maʼlumotlarni toʻplaydi.
HTML5 lokal xotirasi. HTML 5 — HTML tilining beshinchi versiyasi boʻlib, u maʼlumotlarni brauzer fayllari ichida lokal saqlash imkonini beruvchi funksiyalarni oʻz ichiga oladi. HTML5 lokal xotirasi cookie fayllariga oʻxshash ishlaydi, lekin undan farqli oʻlaroq, koʻproq maʼlumot saqlay oladi va sayt serveri bilan maʼlumot almashishga bogʻliq emas.
Fingerprinting — muayyan qurilmani yagona tarzda aniqlash maqsadida maʼlumot elementlari toʻplamini birlashtirish usuli. Bu elementlarga, masalan, qurilma konfiguratsiyasi maʼlumotlari, CSS maʼlumotlari, JavaScript obyektlari, oʻrnatilgan shriftlar, brauzerga oʻrnatilgan plaginlar, API ishlatilishi, HTTP sarlavha maʼlumotlari va vaqt maʼlumotlari kiradi.
Qurilma identifikatorlari — har bir qurilma uchun noyob boʻlgan, raqam va harflardan iborat identifikatorlar. Ularga Apple ID for Advertisers (IDFA) va Google Android Advertising ID (AAID) kiradi. Ular qurilmada saqlanadi hamda marketing va reklama maqsadlarida sizni va qurilmalaringizni turli ilovalar va qurilmalarda tanib olish uchun ishlatiladi. Qurilma identifikatorini qurilma sozlamalarida tiklashingiz yoki shaxsiylashtirilgan reklamadan voz kechishingiz mumkin.
COOKIE FAYLLARI VA SHUNGA OʻXSHASH TEXNOLOGIYALARNI QANDAY BOSHQARASIZ?
1. Cookie fayllarini oʻchirib qoʻyish
Brauzer sozlamalarini oʻzgartirib, cookie fayllari oʻrnatilishining oldini olishingiz mumkin (buni qanday bajarish brauzeringiz yordam boʻlimida koʻrsatilgan). Esda tuting: cookie fayllarini oʻchirib qoʻyish ushbu sayt va siz tashrif buyuradigan koʻplab boshqa saytlarning ishlashiga taʼsir qiladi. Odatda bu ushbu saytning ayrim funksiya va imkoniyatlari ishlamay qolishiga olib keladi.
2. Brauzer va qurilma sozlamalari
Koʻpchilik brauzerlar cookie fayllarini qabul qilmaslik va ularni oʻchirish imkonini beradi. Buning usullari brauzerdan brauzerga va versiyadan versiyaga farq qiladi. Cookie fayllarini bloklash va oʻchirish haqida eng soʻnggi maʼlumotlarni quyidagi havolalar orqali olishingiz mumkin:
Brauzer sozlamalari orqali cookie fayllarini boshqarish boʻyicha batafsil koʻrsatmalarni bu yerda ham topishingiz mumkin: https://www.aboutcookies.org/how-to-control-cookies/
Diqqat: barcha cookie fayllarini bloklash koʻplab saytlardan foydalanish qulayligiga salbiy taʼsir qiladi. Cookie fayllarini bloklasangiz, veb-saytimizdagi barcha imkoniyatlardan foydalana olmaysiz.
Google Analytics maʼlumotlardan foydalanishini oʻchirish uchun quyidagi koʻrsatmalarga amal qiling: https://tools.google.com/dlpage/gaoptout
Qurilma identifikatorini tiklash yoki shaxsiylashtirilgan reklamadan voz kechish uchun Google koʻrsatmalariga yoki Apple koʻrsatmalariga amal qiling
3. Internetdagi reklamadan voz kechish
Biz hamkorlik qiladigan uchinchi tomon reklama beruvchilari, reklama agentliklari va yetkazib beruvchilar Network Advertising Initiative, Digital Advertising Alliance Self-Regulatory Program for Online Behavioral Advertising hamda European Digital Advertising Alliance aʼzolari boʻlishi mumkin. Ishtirokchi kompaniyalarning qiziqishlarga asoslangan reklamasidan voz kechish uchun quyidagi havolalarga oʻting:
- Network Advertising Initiative
- Digital Advertising Alliance
- Digital Advertising Alliance (Canada)
- Digital Advertising Alliance (EU)
- DAA AppChoices
Bu cookie fayllari saytimizga tashrifingizni, koʻrgan sahifalaringizni va bosgan havolalaringizni qayd etadi. Ushbu maʼlumotlardan saytimizni va undagi reklamani qiziqishlaringizga mosroq qilish uchun foydalanamiz. Bunday fayllar saytimizda reklama hamkorlarimiz tomonidan oʻrnatilishi mumkin. Oʻsha kompaniyalar ulardan qiziqishlaringiz profilini tuzish va boshqa saytlarda sizga mos reklamalarni koʻrsatish uchun foydalanishi mumkin.
Kuchga kirish sanasi: 24.09.2026